Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Viktoriya Nuland Turkiyaga bordi

A A A
Viktoriya Nuland Turkiyaga bordi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Anqarada bo‘lgan AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Viktoriya Nulandni qabul qildi. Bu haqda Anadolu xabar bermoqda.

Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Nuland Turkiyaga Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Burak Akchapar taklifi bilan kelgan.

Har tomonlama maslahatlashuvlar chog‘ida mintaqaviy va xalqaro muammolar, shuningdek, Turkiya-Amerika munosabatlari yuzasidan fikr almashish ko‘zda tutilgan.

Kiritildi: 00:44 29.01.2024. O'qildi: 1190 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik