Vengriya sobiq bosh vaziri Viktor Orban mamlakat prezidenti Tamash Shuyokni lavozimidan chetlashtiruvchi konstitusiyaga kiritilgan tuzatishni o‘zboshimchalik deb atadi.
«Bugun oxirgi to‘siq quladi. O‘zboshimchalik endi tahdid emas, balki voqelikdir. Agar respublika prezidenti bilan shunday qilishga qodir bo‘lishsa, ertaga hech kim xavfsiz bo‘lmaydi», — deb yozdi u ijtimoiy tarmoqlarda.