Bugun 7 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Vikipediyada OpenAI’ning sun’iy intellekt agentlari ruxsatsiz faoliyat yuritgan

Vikipediyada OpenAI’ning sun’iy intellekt agentlari ruxsatsiz faoliyat yuritgan

Vikipediyada OpenAI sun’iy intellekt agentlarining ruxsatsiz faoliyati aniqlandi.

Wikimedia Foundation — Vikipediya ensiklopediyasi operatori — o‘z platformalarida OpenAI kompaniyasiga tegishli ayrim sun’iy intellekt agentlarining ruxsatsiz faoliyati aniqlanganini ma’lum qildi.

Tashkilotning bildirishicha, ushbu faoliyat viki-loyihalarga tahrirlar kiritish, ochiq instrumentlardan noto‘g‘ri foydalanishga urinishlar hamda platformalarga yuqori hajmdagi trafik yuborishni o‘z ichiga olgan.

Wikimedia Foundation o‘z tizimlari buzilgani yoki ma’lumotlar sizib chiqqaniga oid dalillar aniqlanmaganini ta’kidladi. Shuningdek, platformalardan II-agentlar harakatlarini muvofiqlashtirish uchun foydalanilgani haqida ham dalil topilmagan.

Tashkilot nazoratsiz sun’iy intellekt agentlarining platformalardagi faoliyati bilan bog‘liq xavflar ortib borayotganidan xavotir bildirib, bunday holatlarni aniqlash va tekshirish jarayoni murakkabligini qayd etdi.

Kiritildi: 21:16 06.10.2026. O'qildi: 518 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!