Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Video: Zarafshondagi sel va uning oqibatlari

A A A
Video: Zarafshondagi sel va uning oqibatlari

Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida 13 mayga o‘tar kechasi kuchli yomg‘ir oqibatida sel kelishi kuzatildi. Aholi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, kuchli shamol bilan birga kechgan jala soat taxminan 1:00 da boshlangan, FVV ma’lumotlariga ko‘ra kuchli yomg‘ir soat 2:30 dan 4:30 gacha bo‘lgan oraliqda kuzatilgan. Bu haqda "Daryo" yozmoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, xavf ostida qolgan kamida 300 nafar fuqaro evakuasiya qilingan, qutqaruv ishlariga kamida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 9 ta texnikasi va 70 nafar shaxsiy tarkibi jalb etilgan.

Ijtimoiy tarmoqlar Zarafshon shahrining seldan keyingi holati aks etgan videoxabarlarga to‘ldi. Quyida ular bilan tanishish mumkin.

 

Kiritildi: 14:50 13.05.2020. O'qildi: 5423 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik