Bugun, 19 iyun kuni Saudiya Arabistoni milliy futbol terma jamoasi samolyotining dvigateli Rostov shahriga uchishga ko‘tarilgan vaqt havoda yonib ketdi, deya xabar berdi "qalampir.uz".
Samolyot salonida rasmiy delegasiya va Qirollik futbol termasining a’zolari bo‘lgan. Yong‘inga qaramay, havo layneri eson-omon qo‘ndirilgan. Hech kim zarar ko‘rmagan.
Ma’lumot o‘rnida, 20 iyun kuni JCh guruh bosqichining 2-tur doirasida Saudiya Arabistoni terma jamoasi Urugvay bilan o‘ynaydi.
Kiritildi: 16:20 19.06.2018.
O'qildi: 2860 marta.
Fikrlar soni: 0 ta.