Kecha, 22 sentyabr kuni O‘zbekistonning bir nechta viloyatida quyun kuzatilgan. Jumladan, Samarqand viloyatidagi bozorlarning birida o‘ramali shamol tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Shamol atrofidagi kichik buyumlarni ichiga o‘rab olib aylanib yurganini ko‘rish mumkin.
O‘zbekistonda bunday shamolning tez-tez kuzatilayotganiga daraxtlarning kesilayotgani ham sabab bo‘lishi mumkin. Yashil daraxtlar atmosferani tozalab, chang-to‘zonlarni kamaytiradi.