Kecha, 16 sentyabr kuni rossiyalik opera qo‘shiqchisi Mixail Lukonin Sankt-Peterburg tashqarisida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida halok bo‘ldi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
YTH Pskov–Sankt-Peterburg yo‘lida yuz bergan. Lukoninning mashinasi o‘sha vaqtga sfetor qizil chirog‘ida to‘xtab turgan. Avtomobilga yuk mashinasi katta tezlikda kelib urilgan.
Ma’lumotga ko‘ra, yuk mashinasi xonanda avtomobiliga urilguncha bir qancha mashinani urib yo‘l chetiga chiqarib kelgan. Ulardan biri majaqlanib ketgan, ikkinchisi yo‘l chetidagi ariqqa uchib tushgan. Boshqa jabrlangan va qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q. Guvohlarning aytishicha, avariyaga yo‘l ta’mirining tugallanmagani sabab bo‘lgan.
Qo‘shiqchi 49 yosh bo‘lgan. Qo‘shiqchining yaqinlaridan faqatgina bir qizi bo‘lgan.
Lukonin “Sankt-Peterburg Opera” teatri va Sankt-Peterburg musiqiy komediya teatrida ishlagan. U tarixdagi bayramlarga atab qo‘shiq kuylashi bilan tanilgan. Butun karyerasi davomida u sakkiz tilda 800 ga yaqin qo‘shiq ijro etgan.
Manba: qalampir. com