Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Video: 200 ming yil 2 daqiqada

A A A
Video: 200 ming yil 2 daqiqada

Olimlar Afrikani insoniyat sivilizasiyasining beshigi deb hisoblaydi. Ularning fikricha, aynan Afrikadan odamlar sayyoraning boshqa qit’alariga tarqalgan. So‘nggi genetik tadqiqotlar insoniyatning ajdodlari qit’adan ikki marta yirik ko‘chishni amalga oshirganini ko‘rsatgan.

Birinchi marta ko‘chish 60 ming yil avval yuz bergan. O‘shanda odamlar Osiyo va Avstraliyaga, uning izidan Yevropa va Markaziy Osiyoga joylashgan. Odamlar yangi hududlarni o‘zlashtirgan. Hatto 25 ming yil avvalgi muzlik davri ham ularni to‘xtata olmagan. Yevrosiya va Shimoliy Amerika o‘rtasidagi quruqlik orqali odamlar Janubiy Amerikagacha yetib borgan. TravelAsk ana shu sivilizasiya aks etgan videoni taqdim etdi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 18:08 30.09.2018. O'qildi: 1935 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik