Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan Chimyon dam olish maskanida O‘zbekistonning turli nuqtalaridan dam oluvchilar tashrif buyurmoqda.
Biroq ular bilan turli ko‘ngilsiz voqealar ham tez-tez sodir bo‘layotgani tarmoqlar orqali tarqalmoqda. Bugun, 9 yanvar kuni “Telegram yulduzlari” kanalida e’lon qilingan videotasvir mana shunday noxush vaziyatni aks ettirgan. Videoda “Chimyonda (Snegoxod) egasining beparvoligi sababli uch kishi kuchli to‘qnashish natijasida og‘ir avolga tushgan.
Aytilishicha, ularning biri koma xolatida 2 kishi esa reanimasiyada”, — deya izoh qoldirilgan.
Kuni kecha Favqulodda vaziyatlar vazirligi ayni hududda qor ko‘chkisi haqida xabar qildi. Eslatib o‘tamiz, “Amirsoy Resort” tog‘-chang‘i kurortida 7 yanvar kuni dam oluvchilardan biri baxtsiz hodisa sabab vafot etgan edi.