Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Vyetnamga kuchli to‘fon yaqinlashmoqda

A A A
Vyetnamga kuchli to‘fon yaqinlashmoqda

Shu sababli 600 mingga yaqin odam evakuasiya qilinmoqda

“Kadziki” tayfuni Xaynanga yetib kelgan. Xitoy orolida shamol tezligi sekundiga 38 metrga yetadi, to‘lqinlar balandligi 2 metrga yetgan.

Hokimiyat ikki aeroportni yopib, o‘nlab parvozlarni bekor qildi.

Mamlakat jala yomg‘irlar, toshqinlar va yer ko‘chkilariga tayyorlanmoqda. Bo‘ron Txanxoa va Kuangchi viloyatlari oralig‘ida quruqlikka chiqishi kutilmoqda. Xitoy ob-havo xizmatining ma’lum qilishicha, sinoptiklar bashoratiga ko‘ra, shamol tezligi soatiga 180 km gacha kuchayishi mumkin.

Mintaqada korxonalar va jamoat transporti faoliyati to‘xtatilgan, jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Kiritildi: 22:50 25.08.2025. O'qildi: 1178 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik