Vyetnam janubidagi hayvonot bog‘ida parranda grippi avj olganidan keyin o‘nlab yo‘lbarslar nobud bo‘ldi.
Reuters xabariga ko‘ra, yirtqichlar kasal tovuqlar go‘shti bilan oziqlanganidan keyin nobud bo‘lgan.
2024 yil avgust oyida virus tufayli uchta sher va pantera, shuningdek, 47 yo‘lbars nobud bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. H5N1 virusi Xoshimin shahri yaqinidagi Vuon Xoay hayvonot bog‘i va Longan provinsiyasidagi May Quin parkida qayd etilgan.
Vyetnam Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘lik yo‘lbarslardan olingan namunalar parranda grippi virusini tasdiqladi va hukumat "bu parranda go‘shti manbasini aniqlashga kirishdi".
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) saytidagi tavsiyalarga ko‘ra, parranda grippi yuqish xavfi ortishi sababli, endemik bo‘lgan hududlardan xom yoki kam pishgan go‘sht va tuxumlardan voz kechish tavsiya etiladi.