Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Vyetnam prezidenti dafn etildi

A A A
Vyetnam prezidenti dafn etildi

Vyetnamning sobiq prezidenti, 21 sentyabrda hayotdan ko‘z yumgan Chan Day Kuang poytaxt Xanoydan 90 km janubda joylashgan Ninbin viloyatida dafn etildi.

Dafn marosimi Kuang tug‘ilib-o‘sgan Kimshon uyezdidagi Kuangtxiyen jamoasida harbiy ehtirom bilan o‘tgan. Undan avval marhum prezident bilan milliy muddofaa vazirligi motam zalida vidolashuv bo‘lib o‘tgan.

Xanoyda minglab odamlar milliy bayroq bilan yopilgan prezident tobutini kuzatib qolgan. Shundan keyin tobut Ninbinga yetkazilgan.

Chan Day Kuang qon saratonining kam uchrovchi turi bilan og‘ir kurashdan keyin 62 yoshida vafot etdi. Uning o‘rniga vise-prezident Dang Txi Ngok Txin vaqtinchalik tayinlangan. Yangi prezident milliy yig‘in a’zolari tomonidan saylanadi.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 23:00 27.09.2018. O'qildi: 1451 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik