Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Veteraniya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha Andijon viloyatida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi

A A A
Veteraniya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha Andijon viloyatida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi

Bugun – 2022 yilning 21 sentyabr kuni viloyat hokimining “Viloyatda 2022 yilda parranda mahsulotlarini ko‘paytirish, chorvachilik loyihalarini jadallashtirish hamda aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash” bo‘yicha 2022 yil 30 mayda tasdiqlagan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan topshiriqlarning ijrosi yuzasidan Qo‘rg‘ontepa tuman “Dehqonchek” veterinariya uchastkasida chorva mollarini sun’iy urug‘lantirish punktlarida ish faoliyatini takomillashtirish, aholi qaramog‘idagi qoramollarni naslini yaxshilash va ulardan olinadigan go‘sht-sut mahsulotlarining miqdorini oshirish, sun’iy urchitishning afzalliklari va sun’iy urchitish ishlarini xonadonbay usulida amalga oshirish ishlari bo‘yicha ko‘rgazmali amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda viloyatdagi “Chorvanasl” markazi hamda viloyat veteraniya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi tizimidagi sun’iy urug‘lantirish punktlarining texnik osseminatorlari ishtirok etishdi.

2022 yilda Respublika “Chorvachilikni rivojlantirish dasturi”da viloyatdagi barcha sun’iy urchitish shahobchalariga 186 ming bosh chorva mollarini sun’iy urug‘lantirish reja topshirig‘i berilgan bo‘lib, shundan 9 oylik reja 150827 boshni tashkil etib, joriy yilning shu kunigacha 9 oylik reja 95 foizga bajarildi. Buning uchun sun’iy urchitish shaxobchalari tomonidan 188160 doz naslli buqa urug‘lari sotib olindi.

Veteraniya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha Andijon viloyatida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdiVeteraniya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha Andijon viloyatida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdiVeteraniya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha Andijon viloyatida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdiVeteraniya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha Andijon viloyatida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdiVeteraniya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha Andijon viloyatida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdiVeteraniya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha Andijon viloyatida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi

Kiritildi: 16:29 21.09.2022. O'qildi: 2191 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!