Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Versace modalar uyi 2 mlrd dollarga sotilmoqda

A A A
Versace modalar uyi 2 mlrd dollarga sotilmoqda

Amerikaning kiyim-kechak va sumkalar ishlab chiqaruvchi Michael Kors xoldingi 2 milliard dollarga Italiyaning  Versace modalar uyini sotib oladi. Bloomberg va Reuters o‘z manbalariga tayanib, shu haqida xabar bermoqda. 

Tomonlar 2018 yilning sentyabri oxiriga qadar bitim haqida e’lon qilishi kutilmoqda. Michael Kors qancha ulushga ega bo‘lishi noma’lum, biroq Versachi oilasi kompaniya faoliyatida ishtirok etishda davom etadi, deya ta’kidlashmoqda manbalar. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bitim yakunlari bo‘yicha Amerikaning Blackstone Group investisiya fondi (2014 yilda 210 million yevroga kompaniyaning 20 foizini sotib olgan) aksiyadorlar tarkibidan chiqadi.

Manba: kun.uz

Ikki kompaniya vakillari ham bunga izoh berishdan saqlanishgan. 

Kiritildi: 00:23 25.09.2018. O'qildi: 1389 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik