AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens AQSh va Eron Hormuz bo‘g‘ozining doimiy ochiqligini ta’minlash yo‘lini topganini aytdi.
Vens bu haqda Byurgenstokda Eron delegasiyasi bilan muzokaralardan so‘ng Shveysariyadan jo‘nab ketishdan oldin jurnalistlarga ma’lum qildi.
"Biz nafaqat Hormuz bo‘g‘ozi ochiq bo‘lishini, balki u ochiq qolishi uchun ham mexanizm yaratdik", dedi Vens.
U bo‘g‘oz orqali taxminan 15 million barrel neft jo‘natilganini ta’kidladi va global yoqilg‘i narxi pasayishiga ishonch bildirdi.
U shuningdek, mintaqaviy sulhni saqlash va potensial mojarolarni boshqarish mexanizmi yaratilganini aytdi.
"Biz sulhning saqlanib qolishini ta’minlash uchun ittifoqchilar - isroilliklardan tortib [Fors] ko‘rfazidagi arablargacha - bilan ishlamoqdamiz. Biz vaziyat qayerda ekanligi haqida juda yaxshi fikrdamiz", deb qo‘shimcha qildi vise-prezident.