AQSh va Eron o‘rtasidagi mumkin bo‘lgan kelishuv bir necha oydan bir haftagacha davom etishi mumkin.
Bu haqda AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens CBS News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
U kelishuvga erishish muddati muzokaralar jarayoniga bog‘liq va juda katta farq qilishi mumkinligini aytdi.
"Menimcha, kelishuvga bir hafta ichida erishish mumkin, lekin bir necha oy ichida ham erishish mumkin", deb ta’kidladi u.
Vens Vashington AQSh uchun iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lgan va Eron yadro dasturi bilan bog‘liq muammolarni hal qiladigan kelishuvga erishishni kutayotganini qo‘shimcha qildi.
U shuningdek, tomonlar kelishuvga yaqinligini, ammo uni yakunlash uchun qo‘shimcha ishlar talab qilinishini ta’kidladi.