Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Vengriya tashqi ishlar va savdo vazirligi vakili Soboslai Zoltan boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi. Uchrashuvda tomonlarning hamkorlikda loyihalarni amalga oshiruvchi kompaniyalari mutasaddilari ham ishtirok etdi.
Muzokara chog‘ida avvalgi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarga muvofiq Vengriya kompaniyalarining “Surxon sanoat qurilish” kompaniyasi bilan 5 ming boshli chorvachilik kompleksini tashkil etish hamda “Agro prossessing group” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan bolalar ozuqasi ishlab chiqarish korxonasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha boshlangan loyihalar muhokama etildi.
Uchrashuv yakunida mazkur loyihalarni O‘zbekiston va Vengriya davlati qonunchiligi doirasida qo‘llab-quvvatlash yuzasidan memorandum imzolandi.