Bugun 17 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Vengriyada Polsha avtobusi halokatida 12 nafar turist halok bo‘ldi

Vengriyada Polsha avtobusi halokatida 12 nafar turist halok bo‘ldi

16 avgustga o‘tar kechasi Vengriyadagi M3 avtomagistralida Polshaga tegishli turistik avtobus yo‘ldan chiqib, ag‘darilib ketdi. Hodisa Budapeshtdan taxminan 140 km sharqda sodir bo‘lgan.

Avariya oqibatida 12 nafar turist halok bo‘ldi, kamida 20 kishi jarohatlandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi rulda uxlab qolgan. U qo‘lga olingan.

Avtobusda 57 nafar yo‘lovchi va ikki haydovchi bo‘lgan. Jabrlanganlarni olib chiqish uchun 14 ta tez yordam mashinasi jalb qilingan. Turistlar Bosniya va Gersegovinadan qaytib kelayotgan bo‘lgan.

Vengriya bosh vaziri Peter Madyar va Polsha prezidenti Karol Navroskiy halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Kiritildi: 21:45 16.08.2026. O'qildi: 164 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!