Vengriyaning Asosiy huquqlar markazi tahlilchisi Zoltan Koshkovich Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni “Drujba” neft quvuriga ehtimoliy hujumlardan ogohlantirdi. Bu haqda u o‘zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozgan.
Koshkovich Kiyevdagi elektr ta’minotidagi uzilishdan so‘ng Zelenskiyga murojaat qilgan.
“Nimadir menga shunday deyyaptiki, Vengriya endi bundan ham ko‘proq elektr energiyasi yetkazib berishi kerak bo‘ladi... “Drujba” bilan Zelenskiy boshqa hodisalar bo‘lib qolmasligi uchun”, — deb yozgan tahlilchi.
Ma’lumot uchun, “Drujba” neft quvuri Rossiyadan Yevropaga neft yetkazib berishdagi eng yirik va muhim transport yo‘laklaridan biri bo‘lib, uning tarmoqlari orqali Vengriya ham o‘z neft ta’minotini oladi.