Bugun 25 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Vengriya Ukrainaga gaz yetkazib berishni to‘xtatadi

Vengriya Ukrainaga gaz yetkazib berishni to‘xtatadi

Vengriya Rossiya neftining “Drujba” quvuri orqali tranziti qayta tiklanmaguncha Ukrainaga gaz yetkazib berishni to‘xtatadi — Vengriya bosh vaziri.

Viktor Orbanning so‘zlariga ko‘ra, cheklovlar bosqichma-bosqich joriy etiladi. Ukraina rasmiylari hozircha bu bayonotga izoh bermadi.

Fevral oyida Budapesht Kiyevga dizel yoqilg‘isi yetkazib berishni ham to‘xtatgan va “Drujba” quvuri qayta ishga tushgach, uni tiklashga va’da bergan edi. Shunga o‘xshash qarorni qo‘shni Slovakiya ham e’lon qilgandi.

“Drujba” quvuri orqali Rossiya neftining Vengriya va Slovakiyaga tranziti yanvar oyida to‘xtagandi. Ukraina raamiylarining ta’kidlashicha, quvur Rossiya zarbasi natijasida shikastlangan. Ammo Budapesht buni texnik muammo emas, balki yaqinlashayotgan parlament saylovlari oldidan “siyosiy bosim o‘tkazishga urinish” deb hisoblamoqda.

Kiritildi: Bugun 19:30. O'qildi: 375 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!