Vengriya Yevropa Ittifoqidan “Drujba” neft quvuri bo‘yicha Ukrainaga mustaqil komissiya yuborishni talab qildi.
Vengriya Yevropa Ittifoqidan “Drujba” neft quvuriga yetkazilgan zararni va uning faoliyatini tiklash imkoniyatlarini tekshirish uchun Ukrainaga mustaqil komissiya yuborishni so‘radi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Viktor Orbanning maslahatchisi Balaj Orban ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
“Ukraina tomoni siyosiy sabablarga ko‘ra tranzitni to‘xtatgani mutlaqo aniq. Endi esa ular buni inkor etmoqda va vaziyatni oydinlashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarga to‘sqinlik qilmoqda. Vengriya pozisiyasi o‘zgarishsiz qolmoqda: energetik xavfsizlik milliy manfaatlar masalasidir”, dedi siyosatchi.
Shuningdek, u Bryusselni tergov jarayonida shaffoflikni ta’minlashga hamda Budapesht va uning manfaatlarini hurmat qilishga chaqirdi.