Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

“Vengriya muhojirlarni och qoldiryapti”

A A A
“Vengriya muhojirlarni och qoldiryapti”

Muhojirlarga qarshi qat’iy siyosati bilan nom chiqargan Vengriyada ba’zi muhojirlar mazkur mamlakatni tark etishi uchun atayin och qoldirilmoqda. Bu haqda DW Inson huquqlari monitoringi markaziga tayangan holda xabar tarqatdi. 

Qayd etilishicha, och qoldirish usuli Serbiyadan Vengriyaga o‘tgan va boshpana uchun murojaati rad etilib, tranzit o‘tish markazida saqlanayotgan muhojirlarga nisbatan, ular Serbiyaga qaytib ketishi uchun qo‘llanmoqda.

Oxirgi marta afg‘onistonlik bir ayol atayin och qoldirilgan, u bunday usul qo‘llangan sakkizinchi kishi ekani aytilmoqda. Ammo aynan necha kishi ochlikka mahkum etilgani haqida aniq ma’lumot topish mushkul.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 19:00 23.08.2018. O'qildi: 1155 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik