Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Vengriya koronavirus tarqalishi sababli yangi kirish cheklovlarini joriy etdi

Vengriya koronavirus tarqalishi sababli yangi kirish cheklovlarini joriy etdi

Vengriya hukumati 15 iyul, chorshanba kunidan boshlab mamlakatda davlat chegarasini kesib o‘tishda yangi cheklovlar joriy etilishini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, COVID-19 koronavirusi bilan og‘rigan bemorlar sonining ko‘payishi sababli «qizil hududda» yashovchi chet elliklarning Vengriyaga kirishi taqiqlanadi.

"Sariq hududda" yashovchilar esa mamlakatga kirish uchun, albatta, 14 kunlik karantinda bo‘lishlari talab etiladi.

Chegarani kesib o‘tish uchun tranzit yo‘lovchilar, yuk mashinalari va xizmat safariga kelgan fuqarolar uchun istisno mavjud, ammo ular tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.

Kiritildi: 22:23 12.07.2020. O'qildi: 1975 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!