24 iyun kuni Venesuelada sodir bo‘lgan dahshatli zilziladan so‘ng, 6000 dan ortiq odam qutqarildi va o‘n minglab oilalarga yordam ko‘rsatildi.
Venesuela Milliy Assambleyasi prezidenti Xorxe Rodriges bu haqda Venezolana de Television kanalida ma’lum qildi.
"6461 kishi qutqarildi va 80 870 oilaga yordam ko‘rsatildi", dedi u.
Rodrigesning so‘zlariga ko‘ra, 28 380 jabrlanuvchi kasalxonalar va dala lagerlarida tibbiy yordam olmoqda.
U shuningdek, 26 000 dan ortiq harbiy xizmatchi, 15 467 ko‘ngilli va xorijiy mamlakatlardan 3660 qutqaruvchi tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlarida ishtirok etayotganini ma’lum qildi.