Venesuelada o‘tgan oy sodir bo‘lgan ikkita kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 5 ming nafardan oshdi. Mamlakat rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, qurbonlar soni 5 069 nafarga yetgan.
Shuningdek, mamlakat tiklanish ishlarini moliyalashtirish uchun Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) zaxiralaridan 346 million dollar ajratiladi. Mablag‘ uy-joylar, infratuzilma va asosiy davlat xizmatlarini qayta tiklashga yo‘naltiriladi.
24 iyun kuni bir daqiqa ichida sodir bo‘lgan 7,2 va 7,5 magnitudali ikkita zilzila Karakas shimolida joylashgan La-Guayra sohil shtatiga katta talafot yetkazgan. Minglab binolar vayron bo‘lib, o‘n minglab odamlar vaqtinchalik boshpanalarga joylashtirilgan.