AQSh hujumidan so‘ng Venesuela hukumati armiya safarbar etilganini e’lon qildi va neft sanoati va boshqa korxonalar xodimlari uchun harbiy holat joriy qildi.
Bu haqda normativ-huquqiy hujjatlar portalida e’lon qilingan qarorda aytilgan.
"Milliy qurolli kuchlarni zudlik bilan butun mamlakat bo‘ylab safarbar etish va mavjud milliy kuch salohiyatidan xorijiy agressiyani qaytarish uchun foydalanish haqida buyruq berilgan... Davlat infratuzilmasi, neft sanoati va boshqa muhim davlat korxonalarini harbiylashtirish. Bunday korxonalarning shaxsiy tarkibi vaqtincha harbiy holatga kiritiladi", — deyiladi hujjatda.
Farmon, shuningdek, mamlakatning quruqlik, havo va dengiz chegaralarida patrul va xavfsizlikni kuchaytirishni buyuradi. U e’lon qilingan kundan boshlab 90 kun davomida amal qiladi. Hujjat 3 yanvar sanasi bo‘lib, prezident Nikolas Maduro, vise-prezident va hukumat a’zolari tomonidan imzolangan.