Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Venesuela koloniya emas, balki erkin mamlakatdir

Venesuela koloniya emas, balki erkin mamlakatdir

Venesuela koloniya emas, balki erkin mamlakatdir — Venesuela muvaqqat prezidenti.

Delsi Rodriges Venesuelani Qo‘shma Shtatlarning 51-shtatiga aylantirish niyatida emasligini ma’lum qildi. Bu bayonot AQSh prezidenti Donald Tramp ushbu masalani “jiddiy ko‘rib chiqayotgani” haqidagi xabarlardan so‘ng berildi.

Rodriges bu gaplarni Gaaga Xalqaro sudidagi ishtiroki doirasida aytdi. U qo‘shni Gayana bilan bo‘layotgan hududiy nizo bo‘yicha eshituvlarda qatnashdi. Gap foydali qazilmalar va neftga boy Essekibo hududi haqida bormoqda.

"Biz o‘z yaxlitligimiz, suverenitetimiz, mustaqilligimiz va tariximizni himoya qilishda davom etamiz. Venesuela koloniya emas, balki erkin mamlakatdir", — deya ta’kidladi Venesuela muvaqqat prezidenti.

Kiritildi: Bugun 08:31. O'qildi: 276 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!