Venesuela hukumati yangi ommaviy amnistiya to‘g‘risidagi qonun qabul qilinganidan so‘ng 379 nafar siyosiy mahbusni afv etdi. Bu haqda xorijiy OAVga tayanib xabar berilmoqda.
Venesuela Milliy Assambleyasi (parlament) deputati Xorxe Arreaza mahalliy telekanalga bergan bayonotida afv etish to‘g‘risida qaror chiqarilgan 379 nafar siyosiy mahbus ikki kun ichida ozodlikka chiqishini ma’lum qildi.
Qayd etish joizki, 19 fevral kuni Milliy Assambleyada yuzlab siyosiy mahbuslarni ozod qilishni nazarda tutuvchi amnistiya qonuni bir ovozdan qabul qilingan edi.