Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Venesuela AQShni harbiy aralashuv bilan tahdid qilishda aybladi

Venesuela AQShni harbiy aralashuv bilan tahdid qilishda aybladi

Venesuela qurolli kuchlari AQShning ayblovlari va tahdidlarini rad etadi va respublika mustaqilligi va hududiy yaxlitligini saqlab qoladi.

Bu haqda Bolivar Respublikasi Mudofaa vazirligi o‘zining Telegramdagi kanalida bayonot berdi.

"Venesuela Milliy Qurolli Kuchlari AQSh prezidenti Donald Trampning 16 dekabr kuni mamlakatimizni harbiy harakatlar bilan qo‘rqitib, Venesuela neftini olib ketayotgan kemalarni musodara qilish uchun dengiz blokadasini to‘liq o‘tkazishni buyurgan, bu ochiq qaroqchilik harakati bo‘lgan yolg‘on bayonotlarini qat’iyan rad etadi”, — deyiladi xabarda.

Venesuelaga qarshi harbiy tahdidlarning kuchayishi "rejimni o‘zgartirish va respublikaning neft va boshqa strategik resurslarini shafqasizlarcha tortib olishga” qaratilgan, deyiladi bayonotda. Shuningdek, AQSh Monro doktrinasini qayta tiklashga va "G‘arbiy yarim sharda neokolonial hukmronlikni o‘rnatishga" harakat qilmoqda.

Qurolli kuchlar Venesuela xalqi va polisiyasi bilan birlikda "Respublikaning konstitusiyaviy va demokratik tuzumini, mamlakat hududiy yaxlitligini, havo va dengiz makoniga bo‘lgan qonuniy huquqlarini saqlab qoladi hamda erkinlik, suverenitet, mustaqillik va tinchlikni so‘zsiz himoya qiladi”, — deya ta’kidladi Venesuyela Mudofaa vazirligi.

Kiritildi: 11:00 18.12.2025. O'qildi: 402 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!