Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Venesuela AQSh bilan urushga tayyorligini bildirdi

Venesuela AQSh bilan urushga tayyorligini bildirdi

Venesuela konstitusion assambleyasi rahbari Dyosdado Kabelyo mamlakat Qo‘shma Shtatlar bilan "mutlaq urush"ga tayyorligini bildirdi.

"Biz bugun urushga tayyormiz va buni hech qanday kibrsiz aytyapmiz. Agarda ular buni istashsa, mutlaq urush vatanimiz va tinchligimiz himoyasi uchun xalqimizni birlashtiradi", - deya iqtibos keltirmoqda Kabelyoning so‘zlaridan EFE agentligi.

Uning aytishicha, agarda Amerika harbiylari Venesuelaga bostirib kiradigan bo‘lsa, "ular uchun tirik qaytish muammoga aylanadi".

23 yanvarda muxolifat yetakchisi Xuan Guaydo o‘zini prezident deb e’lon qilganidan so‘ng Venesuelada keskinlik kuchaydi. Uni AQSh va Yevropadagi qator davlatlar prezident deb tan oldi. Rossiya, Belarus, Boliviya, Eron, Xitoy, Kuba, Nikaragua, Salvador, Suriya va Turkiya amaldagi prezident Nikolas Maduroni qo‘llab-quvvatladi.

Kiritildi: 17:15 28.07.2019. O'qildi: 2789 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!