Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Vazir: Germaniyada ham koronavirusga qarshi tayyor bo‘lish arafasida

Vazir: Germaniyada ham koronavirusga qarshi tayyor bo‘lish arafasida

 

 

 

13 avgust kuni Germaniya Sog‘liqni saqlash vaziri Jens Shpan mamlakatda koronavirusga qarshi vaksina kelayotgan oylar ichida tayyor bo‘lishiga umid qilayotganini, lekin keyingi yili, albatta, Germaniya o‘zining vaksinasiga ega bo‘lishini aytdi. Undan oldin aholi salomatligini saqlash agentligi ham Germaniyada kuzga kelib vaksina tayyor bo‘lishi haqida xabar bergandi.

“Mening optimistik fikrlarimga ko‘ra, keyingi oylarda vaksina tayyor bo‘lishi mumkin. Lekin, keyingi yili, albatta, u bizning qo‘limizda bo‘ladi” deydi Shpan ZDF kanaliga bergan intervyusida.

Shpan vaksinaning aynan qaysi oyda tayyor bo‘lishiga oydinlik kiritmagan. Uning aytishicha, hozircha odamlar qancha muddatda vaksinasiyaga ehtiyoj sezadilar yoki vaksina sabab organizmda yuzaga keladigan immunitet qancha vaqt davom etishini aniqlashning hozircha imkoni mavjud emas.

“Lekin, biz aytishimiz mumkin bo‘lgan bir narsa shuki, tadqiqotchilarimiz, olimlarimiz va aholimizning birgalikda ish olib borishlari sharofati bilan biz insoniyat tarixidagi eng tez muddtada tayyorlangan vaksinaga ega bo‘lishimiz mumkin” deya qo‘shimcha qildi Shpan.

Bundan oldin Germaniya Tadqiqotlar vaziri Anya Karlichek keyingi yilning o‘rtalarigacha dunyodagi hech qaysi bir vaksina keng ommaga taqdim etilmasligi mumkinligini aytgandi. Lekin, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 11 avgust kuni COVID-19 ga qarshi vaksina ro‘yxatga olinganini e’lon qildi. Rossiyaning vaksinasi odamlarda ikki oydan kamroq muddat sinovlardan o‘tkazildi xolos.

Shpan ruslarning “Sputnik V” deb nomlangan vaksinasi bo‘yicha o‘zining shubhalarini takror va takror aytdi. Uning fikricha, bu vaksina boshqa davlatlardagi vaksinalar kabi ko‘p sonli odamlar bilan tekshirilib ko‘rilmadi va u haqda juda kam ma’lumot berilgan.

Payshanba kungi holatga ko‘ra, Germaniyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 219 964 kishini, u sabab vafot etganlar esa 9211 kishini tashkil qilmoqda

Kiritildi: 18:12 14.08.2020. O'qildi: 2550 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!