Bugun 19 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Vashingtonda joylashgan harbiy baza ustida noma’lum dronlar aniqlandi

Vashingtonda joylashgan harbiy baza ustida noma’lum dronlar aniqlandi

AQSh davlat kotibi Marko Rubio va mudofaa vaziri Pit Hegset yashaydigan hududlar ustida noma’lum dronlar faolligi kuzatildi, deb yozmoqda The Washington Post.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Vashingtonda joylashgan harbiy baza ustida noma’lum dronlar aniqlangan. Mazkur baza hududida AQSh davlat kotibi Marko Rubio va mudofaa vaziri Pit Hegset yashaydi.

Hodisa xavfsizlik choralarini kuchaytirishga olib kelgan va Oq uyda vaziyatga qanday javob qaytarish masalasi muhokama qilingan. Shuningdek, Rubio va Hegsetni boshqa joyga ko‘chirish imkoniyati ham ko‘rib chiqilmoqda. Ularning baza hududidagi rezidensiyalari oktyabr oyida bir nechta OAV tomonidan ommaga oshkor qilingan edi.

Kiritildi: Bugun 15:24. O'qildi: 526 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!