Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Valeriy Arxipov XIV Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi

Valeriy Arxipov XIV Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi

XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida BDKI San’at fakulteti dekani, professor Valeriy Arxipov tomonidan mahorat darsi o‘tkaziladi. Aynan u film yaratishda pastanovkachi rassomning roli qay darajada muhim ekanligi haqida gapirib beradi.

Valeriy Arxipovning Italiya, Germaniya, Fransiya, Amerika, Eron, Livandagi shaxsiy ko‘rgazmalari keng xalqaro e’tirof va ko‘plab nufuzli mukofotlarga sazovor bo‘lgan. Trigosteldagi xalqaro grafika va San-Rafaeldagi xalqaro san’at ko‘rgazmasining Gran-prisi shular jumlasidandir.

U “Joker”, “O‘yinchoqlar”, “Tansoqchi” va “Kadetlar” kabi filmlarga pastanovkachi rassomlik qilgan.

Kiritildi: 18:34 11.09.2022. O'qildi: 2311 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!