Bayonotda xalqaro insonparvarlik huquqini ochiqdan-ochiq mensimaslikka barham berish, G‘azoda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish zarurligi ta’kidlangan.
Darvoqe, ko‘chirilgan oilalar boshpana topgan maskanlar tez-tez nishonga aylanyapti. Fuqarolik infratuzilmasi vayron qilinmoqda, kasalxonalar, ta’lim muassasalariga ham hujum uyushtirilmoqda.