O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki joriy yil 24 iyul kunidan boshlab valyuta operasiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, bir AQSh dollari 7789 so‘m, 38 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi ko‘rsatkichga nisbatan 1 so‘m 57 tiyinga qimmatladi.
Evro kursi esa 27 so‘m 54 tiyinga ko‘tarilib, 1 yevro 9127 so‘m 60 tiyinni tashkil etdi.
Bir Rossiya rubli narxi 122 so‘m 82 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftaga nisbatan 1 so‘m 72 tiyinga tiyinga qimmatlashgan.
Qozog‘iston tengesi 22 so‘m 48 tiyinni, 1 Qirg‘iziston somi 114 so‘m 47 tiyinni, 1 Tojikiston somoni 827 so‘m 34 tiyinni tashkil etmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, dollardan tashqari yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan pul birliklarining qiymatida so‘mga nisbatan o‘zgarish bo‘lmadi.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Manba: qalampir.uz