Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zini yoqib yuborgan ayol voqeasini "Ozodlik" radiosiga jo‘natganlarni qamashmoqchimi? Rasmiy munosabat bildirildi

O‘zini yoqib yuborgan ayol voqeasini "Ozodlik" radiosiga jo‘natganlarni qamashmoqchimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zini yoqib yuborgan ayol voqeasini Ozodlik radiosiga jo‘natganlarni prokuratura va Ichki Ishlar xodimlari qamashmoqchi bo‘lishyapti” izohi bilan video tarqalgandi. Namangan viloyati IIB bu borada rasmiy ma’lumot berdi.

"Joriy yilning 29 sentyabr kuni “Istiqbol” MFY hududidagi xonadonlardan birida sodir bo‘lgan holatga oydinlik kiritish hamda avvaldan davom etib kelayotgan uy-joy majorosini o‘rganish maqsadida marhumaning onasi M.A.Dedabayevaga mojarolik uy-joyni sotgan, hozirda Namangan shahar “Gulbog‘” MFY Pedagogika kolleji yotoqxonasida yashab kelayotgan Nasriddinova Fotima Baxriddinovna hamda uning o‘g‘li Nasriddinov Bilol Raxim o‘g‘lilar bilan suxbatlashish uchun jorriy yilning 2 oktyabr kuni Namangan shahar “Gulbog‘” MFY Pedagogika kolleji yotoqxonasiga Namangan shahar IIO FMB 2-sonli IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, 2-sonli IIB HPG katta inspektori va profilaktika inspektorlari borgan vaqtida ularning yotoqxona yonida bo‘layotgan suhbatini ushbu holatga umuman daxli bo‘lmagan noma’lum fuqaro tomonidan qisqa muddatli videotasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga noto‘g‘ri talqin bilan tarqatib yuborilgan.

Aslida videotasvirlarda aks ettirilgan holatda xodimlar tomonidan fuqarolarga nisbatan hech qanday tazyiq ishlatilmagan, aksincha surishtiruv ishlari olib borilyotgan bo‘lgan", deyiladi ma’lumotda.

Kiritildi: 11:20 05.10.2020. O'qildi: 3991 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!