U Angliyada yashaydi. Ismi-sharifi Piter Uilyams. Yaqinda kuchli chaqmoq uribdi-yu, shu zahoti o‘zga sayyorada hozir bo‘libdi. Erkakning aytishicha, bunday kuchli bosimdagi chaqmoq urishidan so‘ng odamning yashab qolishi amri mahol. Lekin uni xudo asrabdi. Piterni o‘zga sayyoraliklar — gumanoidlar davolab oyoqqa turg‘azibdi.
— Ko‘zimni ochganimda qandaydir kasalxonada yotardim, — deydi Piter Uilyam. — Tepamda bundan bir necha asr oldingi kiyimlar kiygan vrachlarmi, hamshiralarmi, ishqilib, kimlardir turardi. Men ularga hayotimni saqlab qolishgani uchun minnatdorchilik bildirishga tutindim. Biroq daf’atan yana hushimdan ketdim. Qancha vaqt o‘tdi, bilmayman. Qayta ko‘z ochganimda hushim birinchi galgidan ancha yaxshi edi. Shu safar bu notanish odamsifatlarga minnatdorchilik bildirishga ahd qildim. Endi so‘z aytish uchun og‘zimni ochgandim, tag‘in hushimdan ketdim. Ko‘zimni ochsam, boyagi palatamas, o‘zimizning odatiy kasalxona palatasida yotardim. O‘zga sayyoraliklar meni davolashibdi-yu, teleportasiya yordamida yana yerga yetkazib qo‘yishibdi...
To‘g‘ri, bu hikoyani eshitganlarning ba’zilari Piterning ustidan kula boshlashdi. Lekin olimlar voqeani jiddiy qabul qilishdi. Ular aytishdiki, Piterning boshidan o‘tgan voqea yaqin kelajakda tadqiq qilinadi. U fanga o‘zga sayyoraliklar haqida yangi va aniq ma’lumotlarni hadya etishi muqarrar.
vladtime.ru