Uzcard tizimi faoliyatida yana uzilish sodir bo‘ldi. Nosozlik taxminan 22:55da boshlandi, Payme to‘lovlar xizmati foydalanuvchilarni Yagona umumrespublika prosessing markazi bilan ulanishda muammolar vujudga kelishi haqida ogohlantirdi.
Kompaniya matbuot markazining ma’lum qilishicha, uzilish tizim bosqichma-bosqich yangilanayotgani bilan bog‘liq.
«Tizim bosqichma-bosqich yangilanmoqda. Natijada qisqa muddatli uzilishlar kuzatilayapti. Yangilanishlar vaqti yuklamaga bog‘liq», — dedi Yagona umumrespublika prosessing markazi vakili.
Manba: sof.uz