Ahror Burxonov O‘zbekistonning AQShning Vashington shtatidagi ilk bosh konsuli etib tayinlandi.
U bu vazifaga tayinlangunga qadar uch yil davomida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining matbuot kotibi lavozimida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, 2025 yil 12 noyabrdagi Prezident farmoniga muvofiq, AQSh hududida qo‘shimcha konsullik muassasalarini ochish vazifasi belgilangan edi.