2025 yilning III choragida O‘zbekistonning yalpi tashqi qarz hajmi 82,4 mlrd dollarga chiqqan. Qayd etilishicha, yalpi tashqi qarzning 37,4 mlrd dollari davlat tashqi qarzi hisoblanadi. Qolgan 38 milliard dollarlik mablag‘lar xususiy va davlat korxonalari (korporativ) tomonidan olingan. 2025 yilning 9 oyi davomida davlat qarzi 10 foizdan ko‘proq, korporativ qarz 27 foizga yaqin oshgan.