Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi uch oyda 15,8 mlrd dollarga yetdi

A A A
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi uch oyda 15,8 mlrd dollarga yetdi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasining eksport hajmi qariyb 6,4 mlrd AQSh dollariga yetgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 10 % ga ko‘p.

Shuningdek, uch oy davomida mamlakatning tashqi savdo aylanmasi 15,8 mlrd AQSh dollariga yetgan.

Tashqi savdo aylanmasi hajmi 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 927,9 mln AQSh dollariga yoki 6,2 % ga oshgan.

Toshkent shahri O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori 38,5 % ulushni egallagan. 3 oyda qariyb 6,1 mlrd AQSh dollariga yetgan.

Kiritildi: 14:45 23.04.2024. O'qildi: 1241 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!