Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 17,2 milliard dollarga yetdi

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 17,2 milliard dollarga yetdi

Mamlakatning tashqi savdo faoliyati bo‘yicha eng yirik 20 hamkorlari orasida to‘rtta mamlakat bilan savdoda ijobiy saldo kuzatilmoqda.

2022 yilning yanvar-aprel yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi $17,2 mlrdga yetib, 2021 yilning shu davriga nisbatan $6,5 mlrdga (61,2% ko‘payish) oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashqi savdo umumiy hajmida eksport ulushi $7,1 mlrdni (2021 yil yanvar-apreliga nisabat 202,3% o‘sish), import miqdori esa $10,1 mlrdni (141,0% o‘sish) tashkil etdi.

Natijada tashqi savdo aylanmasi passiv balansi -$3 002,0 mln.ga teng bo‘ldi.

Mamlakatning tashqi savdo faoliyati bo‘yicha eng yirik 20 hamkorlari orasida to‘rtta mamlakat bilan savdoda ijobiy saldo kuzatilmoqda. Bular Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkiya. Qolgan 16 mamlakatlar bilan tashqi savdo aylanmasining passiv balansi saqlanib qolmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi dunyoning 167 ta davlati bilan savdo munosabatlari o‘rnatgan. Tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi Xitoy (18,1%), Rossiya (14,9%), Qozog‘iston (8,2%), Turkiya (6,7%), Janubiy Koreya (5,3%), Germaniya (2,6%) va Qirg‘iziston (1,9%) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Respublika tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng salmoqli ulush Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi, uning hissasi 36,5% yoki $6 268,6 mln.ni, eng kam ulush esa 0,9% yoki $150,4 mln darajasida Surxondaryo viloyatida qayd etildi.

Kiritildi: 11:47 24.05.2022. O'qildi: 2221 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!