Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonning JCH-2026 guruh bosqichidagi so‘nggi raqibi aniqlandi

O‘zbekistonning JCH-2026 guruh bosqichidagi so‘nggi raqibi aniqlandi

Kongo DR terma jamoasi Jahon chempionati — 2026 pley-off bosqichida Yamayka ustidan g‘alaba qozondi — 1:0 (qo‘shimcha vaqtlarda). Uchrashuv Meksikadagi «Estadio Akron» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Asosiy vaqtda darvozalarga gol urilmadi. Qo‘shimcha bo‘limlarda esa Aksel Tuanzebe tomonidan kiritilgan yagona to‘p o‘yin taqdirini hal qildi.

Kongo DR terma jamoasi JCH-2026 final bosqichida «K» guruhida Portugaliya, O‘zbekiston va Kolumbiya jamoalariga qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati AQSH, Meksika va Kanada mezbonligida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: Bugun 09:06. O'qildi: 511 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!