Yozda start oladigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati bahslarida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan bir guruhdan joy olgan Kolumbiya terma jamoasi musobaqa uchun rasmiy qaydnomasini e’lon qildi. Bo‘lajak turnirga yo‘l oladigan tarkib quyidagicha ko‘rinish olgan:
Darvozabonlar: Kamilo Vargas, Alvaro Montero, David Ospina.
Himoyachilar: Davinson Sanches, Jon Lukumi, Yerri Mina, Viller Ditta, Daniel Munyos, Santyago Arias, Xoan Moxika, Deyver Machado.
Yarim himoyachilar: Djefferson Lerma, Xuan Portilya, Richard Rios, Kevin Kastanyo, Gustavo Puerta, Djon Arias, Xorxe Karraskal, Xuan Fernando Kintero, Xames Rodriges.
Hujumchilar: Luis Dias, Xamilton Kampaz, Andres Gomes, Luis Xavyer Suares, Jon Kordoba, Xuan Kamilo Ernandes.
Guruh bosqichi doirasidagi O‘zbekiston va Kolumbiya terma jamoalari o‘rtasidagi muhim bahs 18 iyun kuni soat 07:00 da boshlanishi belgilangan.