Bugun 13 may, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonning 11 hududida yana koronavirusga chalinganlar aniqlandi, vafot etgan bemor ham bor

O‘zbekistonning 11 hududida yana koronavirusga chalinganlar aniqlandi, vafot etgan bemor ham bor

2020 yil 28 oktyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 66 141 (+104) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 
— 95 nafari Toshkent shahrida, 
— 6 nafari Jizzax viloyatida, 
— 3 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar: 
— Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 nafar, 
— Andijon viloyatida 10 nafar, 
— Jizzax viloyatida 8 nafar, 
— Qashqadaryo viloyatida 9 nafar, 
— Navoiy viloyatida 5 nafar, 
— Namangan viloyatida 29 nafar, 
— Samarqand viloyatida 4 nafar, 
— Sirdaryo viloyatida 17 nafar, 
— Surxondaryo viloyatida 13 nafar, 
— Farg‘ona viloyatida 8 nafar, 
— Toshkent shahrida 49 nafar bemor tuzaldi. 

Shunday qilib, yurtimizda 63 323 (+158) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Hozirda mamlakatimizda 2 260 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 17:05 28.10.2020. O'qildi: 2579 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!