Bugun 8 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonliklar maydonga tushgan bahsda "Istiqlol" ochko yo‘qotdi

O‘zbekistonliklar maydonga tushgan bahsda "Istiqlol" ochko yo‘qotdi

Eron Pro ligasining 6-turida o‘zbekistonlik futbolchilar to‘p surayotgan "Istiqlol" safarda "Alyuminium Arak" bilan kuch sinashdi.

Uchrashuv davomida jamoalar darvozalarni ishg‘ol qila olmadi va bahs 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

"Istiqlol"ning o‘zbekistonlik himoyachisi Rustam Ashurmatov asosiy tarkibda maydonga tushib, uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi. Jaloliddin Masharipov esa bahsni zaxirada boshladi va 70-daqiqada o‘yinga qo‘shildi.

Tehron klubi ushbu durangdan so‘ng Eron chempionatidagi ochkolari sonini 12 taga yetkazdi. "Istiqlol" hozirga qadar 6 ta uchrashuv o‘tkazgan.

Kiritildi: 12:05 07.09.2026. O'qildi: 404 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!