Bugun 15 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonliklar Gruziyadan deportasiya qilindi

O‘zbekistonliklar Gruziyadan deportasiya qilindi

So‘nggi bir necha kun ichida Gruziya Ichki ishlar vazirligining Migrasiya departamenti xodimlari 57 nafar chet el fuqarosini mamlakatdan deportasiya qilishdi.

Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Migrasiya departamenti tomonidan ko‘rilgan kompleks choralar natijasida Turkiya, Turkmaniston, Hindiston, Ozarbayjon, Rossiya, Belarus, Misr, Iroq, Nigeriya, Kuba, Armaniston, Buyuk Britaniya, Eron, Moldova, Sudan, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Xitoyning jami 57 nafar fuqarosi mamlakatdan deportasiya qilindi.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, deportasiya qilingan shaxslarning mamlakatga kirishi taqiqlangan.

Kiritildi: 14:00 17.02.2026. O'qildi: 1214 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!