Bugun 26 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonliklar eng ko‘p Qirg‘iziston va Qozog‘istonga safar qilmoqda

O‘zbekistonliklar eng ko‘p Qirg‘iziston va Qozog‘istonga safar qilmoqda

2026 yil yanvar–avgust oylarida 5,3 mln nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijga chiqqan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Bu 2025 yilning mos davriga nisbatan 109,9 ming nafarga ko‘p. Xorijga safarlarda qo‘shni davlatlar asosiy yo‘nalish bo‘lib qolgan.

Eng ko‘p O‘zbekiston fuqarosi Qirg‘izistonga borgan — 2 mln 427 ming 526 nafar. Qozog‘istonga 955 ming 829 nafar, Tojikistonga 876 ming 650 nafar fuqaro safar qilgan.

Rossiya O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p borgan davlatlar orasida to‘rtinchi o‘rinni egallagan. Bu mamlakatga 257 ming 567 nafar fuqaro turistik maqsadda borgan.

Turkiyaga 212 ming 265 nafar, Saudiya Arabistoniga 184 ming 155 nafar O‘zbekiston fuqarosi safar qilgan. Shu tariqa, ushbu ikki davlatga borganlar soni ham 100 ming nafardan oshgan.

Birlashgan Arab Amirliklariga 56 ming 910 nafar, Xitoyga 52 ming 43 nafar fuqaro borgan. Misr va Vyetnam ham o‘nlikdan joy olgan.

Shunday qilib, 2026 yilning 8 oyida O‘zbekistonliklar eng ko‘p borgan TOP-10 davlat orasida Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Rossiya va Turkiya birinchi beshlikni tashkil etgan.

Kiritildi: 16:31 17.09.2026. O'qildi: 697 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!