Ukraina prezidentining o‘zbek qiyofadoshi Umid Isaboyev Vladimir Zelenskiy o‘rnini egallashi mumkinligini aytgan.
"Meni Ukraina prezidentiga o‘xshatishyapti, yuzim o‘xshaydi. Uning o‘rnini egallashim mumkin, chunki men ham ukrainchada yomon gapiraman, siyosatda hech nimani tushunmayman, Tom Kruz fanatiman va Dog‘istonda to‘y qilganman", deya mutoyiba qiladi Umid.
Shuningdek, u Comedy Club shousidagi Mixail Galustyan va Garik Martirosyanga muxlislik qilishini ham aytgan. Agar o‘xshasa, klubga taklif qilishlarini so‘ragan.