Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonlik tadbirkorlar Londonda

O‘zbekistonlik tadbirkorlar Londonda

Joriy yilning 25-27 mart kunlari Londonning ExCel milliy ko‘rgazma markazida eng yirik xalqaro "IFE 2024" oziq-ovqat va ichimliklar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Umidbek Safarov boshchiligidagi o‘zbekistonlik tadbirkorlar delegasiyasi ishtirok etdi.

Ushbu ko‘rgazma qirq yildan ortiq ketma-ket o‘tkazilib, bu yilgi ko‘rgazma 102 mamlakatdan 1000 ga yaqin biznes vakillarini hamda 27 000 dan ortiq tashrif buyuruvchilarni jalb qildi.

Ko‘rgazma Buyuk Britaniyadagi eng muvaffaqiyatli tadbirlardan biri hisoblanib, mehmonxona biznesi, restoran xizmatlari, ulgurji va chakana savdo, oziq-ovqat mahsulotlarini distribusiya, import va eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi korxonalarni birlashtirgan.

IFE ishtirokchilarga yangi biznes imkoniyatlarini o‘rganish, potensial mijozlar bilan bevosita uchrashish va Buyuk Britaniya va xalqaro bozorlardagi oziq-ovqat sanoatidagi iste’molchilar ehtiyojlari va tendensiyalarini baholash imkoniyatini berdi.

Kiritildi: 11:00 28.03.2024. O'qildi: 500 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!